Aziz mutolaa shaydolari!
2026 yil uchun obuna mavsumi davom etmoqda.
Siz sevgan nashrlar – «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasi, shuningdek, qoraqalpoq tilidagi «Hidayat» jurnali va «Islam nuri» gazetalari yildan-yilga mazmunan boy va shaklan chiroy ochib, obunachilarga tobora manzur bo‘lmoqda.
Azizlar! «Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal» shiorini mahkam tutaylik. Oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni ilm-ma’rifat nuridan bahramand eting! Nashrlarimizga obuna bo‘ling!
(71) 240 08 23
Yoki o‘zingizga yaqin bo‘lgan masjidga murojaat qiling!
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati