Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448
Yangiliklar

Qashqadaryo yosh soha xodimlari bilan ochiq muloqot

13.01.2026   12199   1 min.
Qashqadaryo yosh soha xodimlari bilan ochiq muloqot

Bugun Qashqadaryo viloyatida 2024–2025 o‘quv yilida diniy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan yosh soha xodimlari bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov soha xodimlarining hol-ahvoli va xizmat faoliyatini o‘rganib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bilim va tajribalarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Muloqot chog‘ida yosh imomlarga: 

  • jamoat bilan muomala madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etish,

  • diniy bilimlarni muntazam oshirish, kitob mutolaasi va axborot makonida faol bo‘lish,

  • turli yot g‘oyalarga ma’rifat bilan javob berish,

borasida muhim tavsiyalar berildi.

Viloyat bosh imom-xatibi yosh imomlar sohaning kelajakdagi tayanchi ekanini ta’kidlab, ulardan doimiy izlanish, halollik, sabr-toqat va fidoyilik talab etilishini qayd etdilar. Uchrashuv yakunida soha xodimlari maslahatlarni amaliyotda qo‘llashga tayyorliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Qashqadaryo yosh soha xodimlari bilan ochiq muloqot Qashqadaryo yosh soha xodimlari bilan ochiq muloqot
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

11.08.2026   3181   1 min.
Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.

Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.

Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.

Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari