Muloqot chog‘ida yosh imomlarga:
jamoat bilan muomala madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etish,
diniy bilimlarni muntazam oshirish, kitob mutolaasi va axborot makonida faol bo‘lish,
turli yot g‘oyalarga ma’rifat bilan javob berish,
borasida muhim tavsiyalar berildi.
Viloyat bosh imom-xatibi yosh imomlar sohaning kelajakdagi tayanchi ekanini ta’kidlab, ulardan doimiy izlanish, halollik, sabr-toqat va fidoyilik talab etilishini qayd etdilar. Uchrashuv yakunida soha xodimlari maslahatlarni amaliyotda qo‘llashga tayyorliklarini bildirdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati