Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Noyabr, 2026   |   30 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:05
Peshin
12:12
Asr
15:27
Shom
17:11
Xufton
18:27
Bismillah
10 Noyabr, 2026, 30 Jumadul avval, 1448

23.03.2023   526   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi

09.11.2026   6124   1 min.
Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi

Shu yilning 9–11 noyabr kunlari Toshkent shahrida respublikamiz bo‘ylab faoliyat olib borayotgan salohiyatli va fidoyi yosh diniy soha xodimlari uchun “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida ilmiy-amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.


Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — yosh kadrlarning o‘z tengdoshlari bilan ma’rifiy-profilaktik ishlarni tashkil etish ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning diniy va ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada boyitishdan iborat.


Bugun mazkur amaliyot dasturi doirasida ishtirokchilar poytaxtimizdagi muhim diniy-ma’rifiy muassasalarda bo‘lib, o‘z tajribalarini oshirdilar:


 Xususan, dastlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Fatvo markazida bo‘lgan yosh mutaxassislar bugungi kundagi dolzarb masalalar yuzasidan fatvolar ishlab chiqish va ularga ilmiy yechim topish jarayonlari bilan bevosita yaqindan tanishdi.


Shuningdek, ishtirokchilar Toshkent islom institutiga tashrif buyurib, oliygohdagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi hamda talabalarning dual ta’lim shaklidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot oldi.


Tashriflar davomida soha mutasaddilari tomonidan muassasalar faoliyati, ulardagi yangiliklar va zamonaviy ish uslublari haqida atroflicha tushuncha berildi.

Qizg‘in savol-javob va ochiq muloqot ruhida o‘tgan bugungi mashg‘ulotlar yosh kadrlar uchun haqiqiy tajriba maktabi vazifasini o‘tadi. 


Mazkur amaliy o‘quvlar 11 noyabrga qadar davom etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi Yosh diniy soha xodimlari Diniy idora faoliyati bilan tanishdi
O'zbekiston yangiliklari