Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun ayollarning ismidan eng mahbubi Zaynab bo‘lgan. U zot o‘zlarining to‘ng‘ich qizlariga shu ismni qo‘yganlar.
Imom Muslim Zaynab bint Abu Salamadan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Mening ismim Barra edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni “Zaynab” deb o‘zgartirdilar. Zaynab binti Jahshning ismi ham Barra edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ham “Zaynab” deb o‘zgartirdilar».
Muhammad ibn Amr ibn Ato roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Qizimni Barra deb nomladim. Zaynab binti Abu Salama menga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ismdan nahiy qilganlar. Men Barra deb nomlangan edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘zingizni o‘zingiz pok demang. Sizlardan kim yaxshilik ahli ekanini Alloh biluvchidir», dedilar. «Uni nima deb nomlaylik?» deyishdi. «Zaynab deb nomlanglar», dedilar».
Go‘zal va xushbo‘y bir daraxt ham “zaynab” deb ataladi.
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati