Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2026   |   2 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:28
Asr
17:20
Shom
19:27
Xufton
20:52
Bismillah
15 Avgust, 2026, 2 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Surxondaryo imomlari ishtirokida “yashil belbog‘” barpo etilmoqda

17.01.2026   16590   1 min.
Surxondaryo imomlari ishtirokida “yashil belbog‘” barpo etilmoqda

#yashil_makon #yangilik

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi. Buni yaxshi anglagan mehnatsevar xalqimiz hamisha bu zaminni obod qilishga intiladi. Atrofning go‘zalligi, yashillikka burkanishi, kishilarda bahoriy kayfiyat uyg‘otadi. Bunday xayrli amallar, avvalo, insonlar salomatligi va ruhiyatiga ijobiy ta’sir qiladi. 
 

Muhtaram Prezidentimiz 2025 yilning 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetikani rivojlantirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, Surxondaryo viloyatida chang-to‘zonlarning oldini olish maqsadida o‘n ming gektar maydonda yashil makon barpo etish borasidagi topshiriqlari ham shu yo‘nalishdagi ezgu tashabbuslarning mantiqiy davomi bo‘ldi.


Surxondaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi yurtboshimizning xayrli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda viloyatda muntazam esadigan changli shamollarning salbiy ta’sirini kamaytirish,  yashil belbog‘lar barpo etishga kirishdi. Viloyatning Angor va Termiz tumanlarini bog‘lovchi M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘yida joylashgan uch gektar yer maydonda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbir oldi jonliq so‘yilib, xayrli duolar qilindi. So‘ng hududda yapon tuti, jiyda, katalpa va sosna kabi mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, “yashil belbog‘” barpo etilmoqda.


Ana shunday xayrli ishlarga barchamiz o‘z hissamizni qo‘shib, yurtimiz obodligiga hissa qo‘shaylik, azizlar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Surxondaryo imomlari ishtirokida “yashil belbog‘” barpo etilmoqda Surxondaryo imomlari ishtirokida “yashil belbog‘” barpo etilmoqda Surxondaryo imomlari ishtirokida “yashil belbog‘” barpo etilmoqda Surxondaryo imomlari ishtirokida “yashil belbog‘” barpo etilmoqda Surxondaryo imomlari ishtirokida “yashil belbog‘” barpo etilmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

12.08.2026   26626   1 min.
Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
 

Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.

Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda
O'zbekiston yangiliklari