Shu yilning 19-20 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi ulamolar Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan xalqaro anjumanda ishtirok etadi.
Misr Vaqf vaziri professor Usoma Sayyid Azhariy mas’ulligida Islom ishlari bo‘yicha Oliy Kengash tomonidan tashkil etilgan anjumanda ilm-fan va kasb-hunarning dinimizdagi ahamiyati, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va sun’iy intellekt davridagi istiqboli keng muhokama qilinadi.
Shuningdek, islom olamida turli sohalar, xususan, iqtisodiyot, tibbiyot, astronomiya va algoritm, islom me’morchiligi, kimyo, muhandislik va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy yutuqlarlarning dunyo taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Qolaversa, bugungi kashfiyot va yangiliklar tufayli yuzaga kelayotgan zamonaviy diniy masalalarga birgalikda umumiy yechim topish kun tartibida bo‘ladi.
Xalqaro konferensiyada turli davlatlardan kelgan vazirlar, muftiylar, olimlar, ekspertlar, tadqiqotchilar, diplomatlar hamda soha mutaxassislari qatnashadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati