Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2026   |   2 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:28
Asr
17:20
Shom
19:27
Xufton
20:52
Bismillah
15 Avgust, 2026, 2 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Ramazonga tayyorgarlik boshlandi

19.01.2026   16707   1 min.
Ramazonga tayyorgarlik boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan xatmi Qur’on tadbirlarining saviyasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Ramazon arafasida qorilarni saralash, ularning xatmi Qur’on tadbirlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida suhbatlar tashkil qilish an’anaga aylandi.

Bugun 19 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limida Ramazon oyida Respublika hududidagi masjidlarda xatm qiladigan qorilarni suhbatdan o‘tkazish Hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum va Masjidlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Muzaffar domla Kamolov raisligida o‘tgan ushbu yig‘ilishda ustoz qorilardan iborat Hay’at a’zolari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda Ramazon oyiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, xususan, masjidlardagi xatmi Qur’on tadbirlarida  qatnashadigan qorilarni suhbatdan o‘tkazish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

10.08.2026   16823   1 min.
Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.


Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.


Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari