Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Qashqadaryo imomlari o‘rtasidagi sport musobaqasi finali o‘tkazildi

26.01.2026   17345   1 min.
Qashqadaryo imomlari o‘rtasidagi sport musobaqasi finali o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan diniy soha vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari izchil ravishda tashkil etilmoqda.
 

Shu doirada Qashqadaryo viloyatida voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalarning final bosqichi o‘tkazilib, shahar va tumanlardan saralangan g‘oliblar faol ishtirok etdilar. Qizg‘in bahslar yakunlanib, har bir sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, keyingi bosqich musobaqalarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.


Musobaqada O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov hamda Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Farhod Kushakov ishtirok etib, qatnashchilarga ezgu tilaklar bildirdi va respublika bosqichida omad tiladi.


Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat sport boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz. 

Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Qashqadaryo imomlari o‘rtasidagi sport musobaqasi finali o‘tkazildi Qashqadaryo imomlari o‘rtasidagi sport musobaqasi finali o‘tkazildi Qashqadaryo imomlari o‘rtasidagi sport musobaqasi finali o‘tkazildi Qashqadaryo imomlari o‘rtasidagi sport musobaqasi finali o‘tkazildi Qashqadaryo imomlari o‘rtasidagi sport musobaqasi finali o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Vaqf" fondi va Turkiya diyonat vaqfi hamkorligi yangi bosqichda

28.08.2026   2424   1 min.

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.


Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari