Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Yanvar, 2026   |   11 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:15
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:55
Shom
17:41
Xufton
18:55
Bismillah
30 Yanvar, 2026, 11 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi

29.01.2026   4558   1 min.
Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar bo‘limi tomonidan otinoyilar ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali o‘quv seminarlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bunda aqida, fikh, siyrat, hadis, mavlid va janoza masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib boriladi.
Bugun, 29 yanvar kuni tizimda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun Aqida va fikh fanlari doirasida o‘quvlar boshlandi. Ikki mingdan ziyod tinglovchi qatnashgan, “Islom shariatida poklik masalalari” deb nomlangan ilk mashg‘ulotni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisi Odinaxon Muhammad Yusuf o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘ulotlarini Fatvo markazi mutaxassislari, “Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti va "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchilari olib borishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi
Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda

29.01.2026   3842   1 min.
Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda

Qashqadaryo viloyatida muborak Ramazon oyini yuqori saviyada kutib olish va mo‘min-musulmonlar uchun masjidlarda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i asosida hududlardagi ibodat maskanlari mavsumga shay holatga keltirilmoqda. 
 

Amalga oshirilgan asosiy ishlar:

  • Masjid binolari va atrofi obodonlashtirilib, sanitariya holati yaxshilandi;

  • Tahoratxonalar, isitish va yoritish tizimlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

  • Taroveh namozlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.


Joriy yilning 28 yanvar kuni viloyat hokimining o‘rinbosari Farhod Kushakov hamda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov Koson tumanidagi masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. O‘rganish davomida namozxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 


Bu kabi o‘rganish ishlari viloyatning barcha tumanlarida davom ettiriladi. Maqsad — muqaddas oyni yuksak ruhiy kayfiyatda, tinchlik va osoyishtalikda o‘tkazishdir. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi

Axborot xizmati

Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda
O'zbekiston yangiliklari