Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Har nafasda Allohga hamd

02.02.2026   6831   1 min.
Har nafasda Allohga hamd

حدثنا عبد الكريم بن الهيثم الديرعاقولي نا مصعب بن سعيد الحراني نا عيسى بن يونس عن المعلى بن عرفان عن شقيق عن عبد الله قال: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا شرب يتنفس على الإناء ثلاثة أنفاس يحمد الله على كل نفس ويشكره عند آخرهن.


Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam suv ichayotganlarida uch marta to‘xtab, idish tashqarisida nafas olardilar. Har nafasda Allohga hamd aytib, oxirida Unga shukr qilardilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

14.09.2026   9658   1 min.
Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
 

Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.


Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!


Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari