Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Jinsiy yaqinlikda bajariladigan sunnatlar

02.02.2026   5180   1 min.
Jinsiy yaqinlikda bajariladigan sunnatlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Ushbu duoni o‘qish:

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Agar birortangiz o‘z ahliga yaqinlik qilishni iroda etgan paytida: “Bismillahi. Allohumma! Jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona maa rozaqtana” (Allohning nomi bilan. Allohim, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytonni bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin) desa, albatta, agar o‘shandan ularga farzand beriladigan bo‘lsa, unga shayton hech qachon zarar yetkaza olmaydi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

2. Iffatni saqlash, farishtalardan hayo qilish.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yalang‘och bo‘lishdan saqlaninglar. Chunki siz bilan qazoi hojat va er kishi o‘z ahliga qo‘shilgan paytdan boshqa vaqtda hech ajralmaydiganlar bo‘ladi. Bas, ulardan hayo qilinglar va ularni ikrom etinglar”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

 

3. Ayol kishining orqasiga yaqinlik qilmaslik.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ayolining orqasiga yaqinlik qilsa, mal’undir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Erkak yoki ayol kishining orqasiga yaqinlik qilgan kishiga Alloh nazar qilmas”, dedilar (ImomTermiziy rivoyati).

 

4. Ayoli bilan qilgan jinsiy yaqinligi haqida odamlarga so‘zlamaslik.

Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni Allohning nazdida martabasi eng yomon odam ayoliga yaqinlik qilib, ayoli unga yaqin bo‘lganidan keyin sirini odamlarga yoyib yuradigan kishidir”, dedilar (Imom Muslim, Imom Ahmad rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   11372   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari