Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

02.02.2026   13924   1 min.
Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan azon va iqoma bo‘yicha ijoza berish an’anasi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur xayrli ishning davomi sifatida 2026 yil 21 yanvardan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari o‘qituvchilari hamda oliy va o‘rta islom ta’lim muassasalari ustozlari uchun “Azon darslari” tashkil etildi.


Bugun, 2 fevral kuni “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida mazkur mutaxassislar uchun azon va iqoma bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.


Mashg‘ulotlar bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum tomonidan olib borilmoqda.


Bugungi darslarda Toshkent Islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlari ustozlari ishtirok etdilar.


Dars davomida har bir tinglovchining azon va iqoma borasidagi mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalari topshirilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l

16.09.2026   4511   1 min.
Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan ochiq va samimiy muloqotlari fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Diniy idoraga kelgan bir guruh fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat, arz va takliflarini tingladilar.

 Muloqot davomida imomlar faoliyatini yanada takomillashtirishga oid takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ustozdan xayrli duo olish niyatida kelganlar, o‘zlari yozgan kitoblarini taqdim etganlar ham bo‘ldi. Moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga esa belgilangan tartibda tegishli ko‘mak ko‘rsatildi.

 Samimiy qabul va ko‘rsatilgan e’tibordan mamnun bo‘lgan fuqarolar minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qilishdi.

Darhaqiqat, inson dardiga sherik bo‘lish, uning tashvishini yengillatish — savobi ulug‘ amaldir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilganlar:

«Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishini aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi» (Imom Buxoriy rivoyati).



 Eslatib o‘tamiz, bunday qabullar O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakilliklari hamda barcha jome masjidlarida har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati 

Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l
O'zbekiston yangiliklari