«Al-Quran» jamoasi tomonidan nashrga tayyorlangan yangi mus'haf nashr qilindi!
Ushbu Mus'hafi sharifdan foydalanganda shayx hazratlarining Qur’oni karim ma’nolar tarjimasi hamda shayx Alijon qorining Qur’on tilovatidan ham bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Mus'haf «Dorul G‘avsoniy» nashriyoti bilan hamkorlikda «Hilol Nashr»da chop etildi.
Yangi Mus'haf barchamizga muborak bo‘lsin! Qalblarimizni Qur’on nuri tark etmasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Buxoro shahridagi "Sayfiddin Boxarziy" (Shayx ul-Olam) jome masjidida zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi tahoratxona namozxonlar ixtiyoriga topshirildi.
Mazkur inshoot bir vaqtning o‘zida 70 nafargacha namozxonga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Shuningdek, unda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus jihozlangan 4 ta alohida xona ham tashkil etilgan.
Inshoot yozgi va qishki mavsumlarda ibodat qiluvchilar uchun maksimal darajada qulay bo‘lgan barcha zarur sharoitlar, jumladan, isitish va sovitish tizimlari bilan to‘liq ta’minlangan.
Alloh taolo ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan homiylar, mehnat qilgan quruvchi va ustalarning ezgu amallarini dargohida husni qabul aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati