«Al-Quran» jamoasi tomonidan nashrga tayyorlangan yangi mus'haf nashr qilindi!
Ushbu Mus'hafi sharifdan foydalanganda shayx hazratlarining Qur’oni karim ma’nolar tarjimasi hamda shayx Alijon qorining Qur’on tilovatidan ham bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Mus'haf «Dorul G‘avsoniy» nashriyoti bilan hamkorlikda «Hilol Nashr»da chop etildi.
Yangi Mus'haf barchamizga muborak bo‘lsin! Qalblarimizni Qur’on nuri tark etmasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
4 fevral kuni Buxoro viloyati "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida "Yurtimizda ayollarning huquqlari va vijdon erkinligi" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i D.Egamova va yetakchi mutaxassis M.Abubakirova ma’ruza qildilar.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Din sohasidagi islohotlar va davlat-din munosabatlari;
Diniy ta’lim muassasasi bitiruvchilarini, ayniqsa ayol-qizlarni, ish bilan ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash;
Otinoyilarning rasmiy ish bilan ta’minlanishi;
Ayol-qizlar hissasini kuchaytirish va ularning yurtimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi;
Sof e’tiqodni mustahkamlash va bid’at-xurofotlarga qarshi ma’rifiy ishlar.
Shuningdek, talaba-qizlarning savollariga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
@muminauz