Muhabbatni uyg‘otuvchi va boshqalarga mehr ulashuvchi go‘zal tabassumingiz yaxshi.
Shar’iy do‘stlikni bino qilib, nafratni ketkazadigan shirin so‘zingiz yaxshi.
Miskinni shodlantiradigan, faqirni xursand etadigan va ochni to‘ydiradigan maqbul sadaqangiz yaxshi.
Qur’onni tilovat qilib, uni tadabbur etib, unga amal qilib, zikr va istig‘for aytib o‘tirishingiz yaxshi.
Farzandlaringizni dinimizga muvofiq qilishingiz, sunnatni o‘rgatishingiz va manfaat narsalar tomon ularni yo‘naltirishingiz yaxshi.
Iboingiz va Alloh buyurgan satri avratingiz yaxshi.
Allohdan qo‘rqadigan, dinini sevadigan va qadr-qimmatini biladigan ayollar ila suhbatingiz yaxshi.
Ota-onaga yaxshilik qilishingiz, qarindoshlar bilan aloqani mustahkamlashingiz, qo‘shnilarga yaxshilik qilishingiz va yetimlarni kafolatingizga olishingiz yaxshi. Manfaatli kitob o‘qishingiz yaxshi.
Doktor Oiz Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan
#E’tirof
Mehnat va sadoqat qadr topayotgan yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, nuroniylar hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlarga ehtirom ko‘rsatish ezgu an’anaga aylandi.
Ana shu yuksak e’tiborning amaliy ifodasi sifatida 2026 yilgi muborak Haj safari uchun Buxoro viloyatidan 7 nafar yurtdoshimiz “Prezident hojisi” maqomiga sazovor bo‘ldi.
Tantanali tadbirda yo‘llanmalar Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Azizbek Qalandarov va viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov tomonidan o‘z egalariga topshirildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur yuksak e’tirof — yurt ravnaqi, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi ko‘p yillik halol hamda fidokorona mehnatga berilgan munosib bahodir.
Tadbirda bo‘lajak hojilardan muqaddas zaminlarda mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyoti uchun xayrli duolar qilish so‘raldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi