Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Fevral, 2026   |   18 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:09
Quyosh
07:29
Peshin
12:42
Asr
16:03
Shom
17:49
Xufton
19:03
Bismillah
06 Fevral, 2026, 18 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

05.02.2026   1755   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alloh mo‘minlarni tavakkul qilishga buyurdi

06.02.2026   1202   2 min.
Alloh mo‘minlarni tavakkul qilishga buyurdi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Mo‘minlar tavakkul qilishga ommatan amr qilinishlari o‘tgan Rasullarning tillari orqali keldi. Masalan, ularni qavmlariga ushbu shaklda javob berishlarini ko‘rishimiz mumkin:

﴿قَالَتْ لَهُمْ رُسُلُهُمْ إِنْ نَحْنُ إِلَّا بَشَرٌ مِثْلُكُمْ وَلَكِنَّ اللَّهَ يَمُنُّ عَلَى مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَمَا كَانَ لَنَا أَنْ نَأْتِيَكُمْ بِسُلْطَانٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ﴾

“Payg‘ambarlari ularga: «Biz sizga o‘xshash bashardan o‘zga hech narsa emasmiz. Lekin Alloh O‘z bandalaridan kimni xohlasa, o‘shanga (Payg‘ambarlik) in’om qilur. Biz o‘zimizcha sizga biror hujjat keltira olmaymiz, illo Allohning izni ila. Mo‘minlar faqat Allohgagina tavakkul qilsinlar”[1].

Yoki bo‘lmasa Muso alayhissalomning as'hoblaridan bo‘lgan ikki kishining qavmlariga Muqaddas yerga kirishda jabr qiluvchilarning jabridan qo‘rqmasliklarini aytgan so‘zlarida ko‘rish mumkin:

﴿قَالَ رَجُلَانِ مِنَ الَّذِينَ يَخَافُونَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِمَا ادْخُلُوا عَلَيْهِمُ الْبَابَ فَإِذَا دَخَلْتُمُوهُ فَإِنَّكُمْ غَالِبُونَ وَعَلَى اللَّهِ فَتَوَكَّلُوا إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ﴾

«Ulardan (Allohdan) qo‘rqadiganlardan bo‘lgan va Alloh ularga ne’mat ato etgan ikki kishi: Ularning ustiga eshikdan kirib boringlar. Agar unga kirsangiz, albatta, g‘olib bo‘lasizlar. Agar mo‘min bo‘lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz, dedilar»[2].

Iymon mustahkam bo‘lishi uchun tavakkul qilish shart qilindi. Yuqoridagi oyatlar bizdan oldingilarga aytilgan deyilmaydi. Bunda bizga ibrat ham, namuna ham yo‘q deyishlik hato hisoblanadi. Bu fikr Qur’onda kelgan oyatga xilofdir. Shariatimiz tavakkul qilishni bekor etmadi balki, ta’kidlashni ziyoda qildi. Alloh taolo tavakkulni sodiq mo‘minlarning sifatlaridan sanadi:

﴿إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آَيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ﴾

“Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina mo‘minlardir”[3].


Yusuf Qarazoviy rahimahullohning
"Tavakkul" kitoblaridan


[1] Ibrohim surasi, 11-oyat.
[2] Moida surasi, 23-oyat.
[3] Anfol surasi, 2-oyat.

Maqolalar