Kibor ulamolardan birlari aytadilar: «Ey Qur’on hofizi! Kundalik vazifangni tugatmasdan uxlama. Agar yotishga ketib, vazifangdan biron qismi qolib ketganini eslasang, darhol o‘rningdan tur va uni yakunla. Kun davomida uch mahal ovqatlanishni qoldirmaganingdek, yod olganlaringni ham tashlab qo‘yma hamda (virdingni) tugatmasdan uxlashga odatlanma».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan aholi bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar fuqarolar masalalarini joyida va ijobiy hal etishda muhim omil bo‘lmoqda.
Xususan, bugun, 9 sentyabr kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Unda masjidlar ochilishi, diniy ta’lim, xayriya, ishga joylashish, oilaviy va uy-joy masalalari hamda moddiy yordam so‘rab qilingan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muloqotlar jarayonida oilaviy masalalar yuzasidan shar’iy yechim va zarur maslahatlar berilgan bo‘lsa, moddiy ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizga belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, boshqa masalalar ham vakolat doirasida ko‘rib chiqilib, mas’ullar tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar olishdi.
Bu kabi qabullar aholining diniy va ijtimoiy muammolarini tezkor hamda manzilli hal etishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati