Bismillahir Rohmanir Rohiym
Umringizni behuda muhabbat intiqomi va yaxshiligi yo‘q janjallarga sarf qilmang.
Salomatligingiz, baxtingiz, uyqu va farog‘atingiz evaziga mol-mulk yig‘ishga intilmang.
Vaqtingizni insonlarning xatolarini qidirish va ularni g‘iybat qilish bilan o‘tkazib, o‘zingizni unutib qo‘ymang.
Nafs rohatlari va u xohlagan barcha narsani berishga sho‘ng‘ib ketmang.
Bekorchilar bilan vaqtingizni o‘tkazib, behuda ishlarga qimmatli umr ne’matini sarflab yubormang.
Badaningiz badbo‘y bo‘lishiga, uyingiz tartibsiz qolishiga yo‘l qo‘ymang.
Harom ichimliklar, tamaki va turli xil yomon narsalardan butunlay uzoqlashing.
O‘tib ketgan ko‘ngilsizlik va musibatlar hamda sodir bo‘lgan xatolarni eslamang.
Oxiratingiz, u uchun amal qilish va u kun kelishini aslo unutmang.
Mol-mulkingizni harom amallar, bekorchi ishlar va ibodatda kamchiliklarga olib boradigan narsalarga sarf qilmang.
Doktor Oiz Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan
#Sayyor_yig‘ilish
Do‘stimiz, birodaradimiz, mahalladoshimiz, qo‘yingki, har bir inson yuziga tabassum ila boqish sadaqa ekanini Payg‘ambarimiz alayhissalom:
إنَّ تبسُّمَك في وجهِ أخيك يُكْتَبُ لكَ به صَدَقةٌ،
«Birodaring yuziga tabassus qilishing sen uchun sadaqadir» (Imom Tabaroniy rivoyati), deya ta’kidlaganlar.
Shu yil 17 sentyabr kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumani «Xo‘ja A’lambardor» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib bordilar.
Yig‘ilishda poytaxtda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, «Haj 2026» ziyoratchilari, mahalla faollari, nuroniy otaxonu onaxonlar ishtirok etdi.
Sayyor yig‘ilishda besh yo‘nalish bo‘yicha 100 dan ziyod oilaga kirildi. Shaxsan Abduqahhor domlaning o‘zlari ham kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularga sovg‘alar ulashdilar.
Shu bilan birga, adashib turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan, ichkilikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan ham yakkama-yakka muloqotlar qilindi. Ularga zarur ko‘rsatma va yo‘l-yo‘riqlar berildi.
Ma’naviyat targ‘ibotchilari – imom-xatiblar, hojilarni ko‘rgan o‘zgalar ko‘magiga muhtoj kishilarning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi.
Xayrli ishlarning boshida turgan aziz insonlarning haqlariga xayrli duolar qilindi.
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati