Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2026   |   23 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:09
Shom
17:56
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2026, 23 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

11.02.2026   415   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sunnatda tavakkulning fazli

11.02.2026   463   2 min.
Sunnatda tavakkulning fazli

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu ummatdan yetmishming kishi hisob kitobsiz jannatga kiradilar. Ular ushbu sifatga egadirlar. Dam soldirmaydilar (sehr jodu), shumlanib, irim qilmaydilar, o‘zini biror narsa bilan kuydirmaydilar va Robbilariga tavakkul qiladilar”[1], dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Allohim senga taslim bo‘ldim va senga iymon keltirdim va senga tavakkul qildim va senga qaytaman va sen uchun xusumat qilaman, Ey Allohim meni adashtirishingdan seni izzating bilan panoh so‘rayman, sendan boshqa Iloh yo‘q, sen tiriksan vafot topmaysan, jin va insonlar esa vafot etadilar”[2] (Imom Muslim rivoyati).

Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: “Agar sizlar Alloh taologa haqiqiy tavakkul qilganingizda Alloh qushni rizqlantirganidyek sizlarni ham rizqlantirgan bo‘lar edi. Qush tongda och holda uchib ketib, to‘q holda qaytib keladi”[3].

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Kimda kim uyidan chiqayotib “Bismillahi tavakkultu a’lalloh valaa havlaa valaa quvvata illaa billah”, desa. Unga, hidoyat qilinding, himoya qilinding va kifoya qilinding, deyiladi. Shayton boshqa bir shaytonga shunday deydi: Qanday qilib sen, hidoyat qilingan, himoya qilingan va kifoya qilingan kishini adashtirishing mumkin?”[4].

Abu Molik Ash’ariydan rivoyat qilingan hadisda: “Agar bir kishi uyiga kirsa, "Allohim sendan kiriladigan joyning yaxshisini va chiqadigan joyning yaxshisini so‘rayman. Allohning nomi bilan kirdik va Allohning nomi bilan chiqdik va Robbimiz Allohga tavakkul qildik", deb aytsin, so‘ng ahliga salom bersin”.[5]

Yusuf Qarazoviy rahimahullohning
"Tavakkul" kitobidan Yahyo domla ABDURAHMONOV tarjimasi


[1] Imom Buxoriy “Tib” bobida va Imom Muslim “As-Salom” bobida Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar.
[2] Imom Muslim “Al-Jomi’ as-Sag‘iyr” kitobida Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar.
[3] Imom Termiziy “Abvabu az-Zuhd” bobining 2345-hadisida keltirganlar. Ibn Moja va Ahmad ham rivoyat qilganlar.
[4] Abu Dovud Sunanlaridagi “Adab” bobining 5090-hadisida, Imom Termiziy “Ad-Da’vaat” kitobining 3422-hadisida rivoyat qilganlar.
[5] Abu Dovud Sunanlaridagi “Adab” bobining 5092-hadisida rivoyat qilganlar.

Maqolalar