Muborak Ramazon oyi arafasida Urganch tumani ahli uchun chinakam ma’naviy tuhfa taqdim etildi. Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Qambar bobo” jome masjidining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Xorazm viloyati bosh imomi Xayrulla domla Abdullayev ishtirok etib, yig‘ilganlarni yangi masjid bilan qutladi va masjidlarni obod qilishning ulkan ajru savoblari haqida so‘zladi.
800 nafar namozxonga mo‘ljallangan ushbu muhtasham maskan yurtimizdagi xayrli bunyodkorlik ishlarining yorqin namunasi bo‘ldi.
Tadbir yakunida nuroniylar va jamoatchilik vakillari tomonidan yurt tinchligi hamda ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqqiga xayrli duolar qilindi.
Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ramazon oyi — nafaqat ruhiy poklanish, balki sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, tanani tartibga solish va umumiy sog‘liqni yaxshilash uchun ayni vaqtda yaxshi imkoniyatdir. Bu oyda ro‘za tutish orqali nafsni tiyish, sabr va shukr qilish muhim bo‘lsa, sog‘lom ovqatlanishning ahamiyatini ham unutmaslik kerak. Saharlik va iftorlikda to‘g‘ri ovqatlanish ro‘zani yengil tutish, holsizlik, qon shakarining pasayishi va oshqozon muammolarining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Saharlik – ro‘zaga quvvat
Saharlik – kun davomidagi energiya manbai, ro‘zador uchun kun bo‘yi quvvat berib, ro‘zani yengil tutishga yordam beradi. Shuning uchun saharlikni o‘tkazib yuborish organizmga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Saharlikda tavsiya etiladigan mahsulotlar:
Saharlikda tavsiya etilmaydigan mahsulotlar:
Saharlikni bomdod namoziga yaqin vaqtda, iloji boricha kechiktirib iste’mol qilish sunnat hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Saharlikda baraka bor”, deganlar.
Iftorlikni qanday boshlash kerak?
Iftorlikda qo‘llaniladigan qoidalar:
Suv ichish tartibi
Ramazon oyida suv ichish rejasiga e’tibor berish juda muhim. Suvsizlanishning oldini olish uchun, iftor va saharlik oralig‘ida 1,5–2 litr suv ichish tavsiya etiladi. Suvni bir yo‘la emas, balki bo‘lib-bo‘lib ichish foydali. Chunki bir vaqtda ko‘p suv ichish oshqozonga og‘irlik qiladi.
To‘g‘ri saharlik va iftorlikning foydali ta’siri
To‘g‘ri tashkil etilgan saharlik va iftorlik:
Xulosa
Ramazon – nafsni tiyish, sabr va shukr oyidir. Lekin bu oyda sog‘liqni asrash ham muhim ibodat hisoblanadi. Saharlikni tark etmaslik, iftorlikda me’yorni saqlash va foydali mahsulotlarni tanlash orqali ro‘zani yengil o‘tkazish mumkin.
Shunday ekan, har bir musulmon saodatga erishish uchun nafsni tarbiyalash va sog‘lom turmush tarziga harakat qilishi kerak.
Alloh taolo, har birimizga ro‘zalarimizni qabul qilsin va bizni sog‘lom holda ibodat qilishga muvaffaq aylasin!
Nargiza TUYCHIYEVA,
O‘MI hamshirasi.