Birinchi gul: Xushbo‘y gullari va mevali shoxlari bor xurmo daraxti kabi bo‘ling.
Ikkinchi gul: Insonlarning ayblarini oshkor qilish va ularni to‘plashga vaqtingiz bo‘lmasin.
Uchinchi gul: Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa kimdan qo‘rqasiz? Agar U zot sizga qarshi bo‘lsa kimdan umid qilasiz?
To‘rtinchi gul: Hasad inson tanasini yemiradi, rashkning ko‘payishi esa to‘xtatib bo‘lmas olov kabidir.
Beshinchi gul: Bugun tayyorlaning, zaxira yig‘ing. Chunki ertangi kun sizning mulkingiz emas.
Oltinchi gul: Janjal va bekorchiliklardan uzoqlashing.
Yettinchi gul: Xulqingiz ila chiroyli bog‘u bo‘stonlardan ham go‘zal bo‘ling.
Sakkizinchi gul: Yaxshilikni yoying, shunda siz u ila insonlarning eng baxtlisiga aylanasiz.
To‘qqizinchi gul: Insonlarni ularni yaratgan Zotga, hasadni o‘limga qoldiring va dushmanlaringizni unuting.
O‘ninchi gul: Harom ishlarning lazzatidan keyin nadomat, hasrat va azob kelishini unutmang.
Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan
* * *
“Ulg‘ayish, umrda oldinga yurishning eng go‘zal jihati shundaki, vaqt o‘tishi bilan bir paytlar sening butun kuch-quvvating va his-tuyg‘ularingni barbod qilgan ko‘plab narsalarni qanchalik arzimas va mayda bo‘lganini anglab yetasan”.
“Zodul maod”
* * *
Imom Ibn Kasir rahimahulloh aytadi: “Har bir sen bilan o‘tirgan kishi ham ulfatchilikka yarayvermaydi. Har bir ulfatga ham sirlar ishonib topshirilmaydi. Sirlarga faqat omonatdor kishilargina ishoniladi”.
“Al-Bidoya van nihoya”
* * *
“Andalus (Ispaniya) o‘z tarixining hech bir davrida arab musulmonlari davridagidek bag‘rikenglik, adolat va donishmandlik bilan boshqarilmagan”.
Stenli Leyn-Pul (ingliz tarixchisi)
Anvar AHMAD tayyorladi.
“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 15-sonidan
http://hidoyatuz.taplink.ws