Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Noyabr, 2026   |   4 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:48
Quyosh
07:10
Peshin
12:12
Asr
15:24
Shom
17:08
Xufton
18:24
Bismillah
14 Noyabr, 2026, 4 Jumadul soni, 1448

Gullar

12.02.2026   24905   1 min.
Gullar

Birinchi gul: Xushbo‘y gullari va mevali shoxlari bor xurmo daraxti kabi bo‘ling.

Ikkinchi gul: Insonlarning ayblarini oshkor qilish va ularni to‘plashga vaqtingiz bo‘lmasin.

Uchinchi gul: Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa kimdan qo‘rqasiz? Agar U zot sizga qarshi bo‘lsa kimdan umid qilasiz?

To‘rtinchi gul: Hasad inson tanasini yemiradi, rashkning ko‘payishi esa to‘xtatib bo‘lmas olov kabidir.

Beshinchi gul: Bugun tayyorlaning, zaxira yig‘ing. Chunki ertangi kun sizning mulkingiz emas.

Oltinchi gul: Janjal va bekorchiliklardan uzoqlashing.

Yettinchi gul: Xulqingiz ila chiroyli bog‘u bo‘stonlardan ham go‘zal bo‘ling.

Sakkizinchi gul: Yaxshilikni yoying, shunda siz u ila insonlarning eng baxtlisiga aylanasiz.

To‘qqizinchi gul: Insonlarni ularni yaratgan Zotga, hasadni o‘limga qoldiring va dushmanlaringizni unuting.

O‘ninchi gul: Harom ishlarning lazzatidan keyin nadomat, hasrat va azob kelishini unutmang.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumodus soniy oyi muborak bo‘lsin!

11.11.2026   20804   1 min.
Jumodus soniy oyi muborak bo‘lsin!

#yangi_oy_e’loni #hijriy_1448_yil

Falakiy hisobga ko‘ra, hijriy 1448 yil
Jumodus soniy oyining 1-kuni  2026 yil 11 noyabr chorshanba kuniga
to‘g‘ri kelmoqda.
 

 Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon yangi chiqqan oyni ko‘rsalar shunday duo qilardilar:
"اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ"

 O‘qilishi:
"Allohumma ahillahu alayna bil-yumni val-iymani, vas-salaamati val-Islami, Robbiy va Robbukalloh”.

Ma’nosi: "Ey, Allohim!  Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey, hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!".



O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Jumodus soniy oyi muborak bo‘lsin! Jumodus soniy oyi muborak bo‘lsin!
O'zbekiston yangiliklari