Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Noyabr, 2026   |   4 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:48
Quyosh
07:10
Peshin
12:12
Asr
15:24
Shom
17:08
Xufton
18:24
Bismillah
14 Noyabr, 2026, 4 Jumadul soni, 1448

Gullar

12.02.2026   24923   1 min.
Gullar

Birinchi gul: Xushbo‘y gullari va mevali shoxlari bor xurmo daraxti kabi bo‘ling.

Ikkinchi gul: Insonlarning ayblarini oshkor qilish va ularni to‘plashga vaqtingiz bo‘lmasin.

Uchinchi gul: Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa kimdan qo‘rqasiz? Agar U zot sizga qarshi bo‘lsa kimdan umid qilasiz?

To‘rtinchi gul: Hasad inson tanasini yemiradi, rashkning ko‘payishi esa to‘xtatib bo‘lmas olov kabidir.

Beshinchi gul: Bugun tayyorlaning, zaxira yig‘ing. Chunki ertangi kun sizning mulkingiz emas.

Oltinchi gul: Janjal va bekorchiliklardan uzoqlashing.

Yettinchi gul: Xulqingiz ila chiroyli bog‘u bo‘stonlardan ham go‘zal bo‘ling.

Sakkizinchi gul: Yaxshilikni yoying, shunda siz u ila insonlarning eng baxtlisiga aylanasiz.

To‘qqizinchi gul: Insonlarni ularni yaratgan Zotga, hasadni o‘limga qoldiring va dushmanlaringizni unuting.

O‘ninchi gul: Harom ishlarning lazzatidan keyin nadomat, hasrat va azob kelishini unutmang.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jizzaxda diniy soxa xodimlari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11.11.2026   24673   1 min.
Jizzaxda diniy soxa xodimlari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

9 noyabr’ kuni Jizzax viloyatida imom-xatiblar, imom-noiblar hamda otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakili, Ulomolar kengashi a’zosi, viloyat bosh imom-xatibi Mexmonxon domla Jabborov  hamda Jizzax viloyati hokimining din va jamoat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sahobiddin Boliyev olib bordi.

Xorazm viloyatida bosh imom-xatiblar uchun o‘tkazilgan seminar tajribalarini boshqa hududlardagi imom-xatiblarga yetkazilish jarayoni ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ilg‘or ish uslublarini ommalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Ushbu seminarlar doirasida asosan quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan bo‘lishi mumkin:

  • Ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini takomillashtirish: Aholi bilan ishlashda, xususan, yoshlar tarbiyasida zamonaviy va ta’sirchan usullardan foydalanish.
  • Diniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish: Joylardagi mahallalarda va jamoatchilik o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash.
  • Imom-xatiblarning kasbiy mahoratini oshirish: Diniy xodimlarning huquqiy bilimlarini boyitish, notiqlik va jamoatchilik bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini kuchaytirish.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyatni oshirish hamda diniy soha vakillari faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati vakilligi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari