Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2026   |   28 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:09
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2026, 28 Shavvol, 1447

Bolani ikki yildan avval sutdan chiqarish

13.02.2026   14326   2 min.
Bolani ikki yildan avval sutdan chiqarish

Savol: Bolani ikki yil emizmasdan sutdan chiqarib yuborsa bolani haqqi ota-onada qolib ketmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Shariatimizda ona bolasini ikki yil to‘liq emizsin degan talab yo‘q. Agar sutdan chiqarish bolaga zarar qilmasa, ikki yil bo‘lmasdan turib ham chiqarish joiz. Ikki yilga yetmasdan chiqarsa, bolaning haqqi ota-onada qolib ketdi deyilmaydi. Alloh taolo Baqara surasida bunday marhamat qiladi:

Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni to‘liq ikki yil emizadilar...”.

Mazkur oyati karima tafsirida mufassir ulamolar: “Emizish muddatini ikki yil deb belgilanishi vojib ma’nosida emas. Bunga “Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa” so‘zi dalolat qiladi. Alloh taolo emizish muddatini oxiriga yetkazishni bandaning xohishiga bog‘lab qo‘yganidan muddatni oxiriga yetkazish vojib emasligi anglashiladi”, deyishgan.

Qolaversa, mazkur oyatning davomida Agar o‘zaro rozi bo‘lib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh bo‘lmaydi”, deyilgan. Ya’ni ikki yildan oldin er va xotin o‘zaro kelishgan holda, bolaning holatidan kelib chiqib sutdan chiqarishlarida gunoh bo‘lmaydi.

Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh bolani ikki yildan avval sutdan chiqarishda er va xotinning o‘zaro roziligi lozim, ikki yildan keyin esa er yo xotindan birining roziligi bilan chiqarish mumkin, deganlar.

Ammo bolaga emish zarur bo‘la turib, sutdan chiqarib yuborish mumkin emas. Chunki bu unga ochiq-oydin zarar berish bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda

16.04.2026   3884   1 min.
Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda

 

Buxoro tumanida “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Imom Buxoriy” jome masjidida boshlangan muloqotlarda viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, diniy soha xodimlari, otinoyilar va mahalla faollari ishtirok etdilar.


Tadbir davomida tuzilgan ishchi guruhlar hududdagi 6 ta masjid va 20 ta mahallaga biriktirilib, xayrli amallar amalga oshirildi. Jumladan, nuroniylar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, bemorlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Shuningdek, nizoli va muammoli oilalar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida bir nechta xonadonlarda yarashuvga erishildi.


“Yashil makon” loyihasi doirasida masjid hovlisiga manzarali va mevali ko‘chatlar ekilgan bo‘lsa, “G‘uncha” bolalar bog‘chasiga uyushtirilgan tashrif jajji bolajonlarga haqiqiy bayram quvonchini ulashdi. Bu kabi tadbirlar jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Naqshband.uz 

Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari