Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Baxtsizlikning besh alomati

13.02.2026   24607   1 min.
Baxtsizlikning besh alomati

Murid uchun  zarur  shartlardan biri Alloh oldidagi burchini bajarishda yo‘l qo‘ygan xatolari uchun ko‘nglini hayo olovi bilan doimiy yoqishidir.

Fuzayl ibn Iyoz deydilar: “Baxtsizlikning besh alomati bor: bag‘ritoshlik, ko‘z yoshi to‘kmaslik, behayolik, dunyoga harislik, uzun va bitmas orzular ummonida suzish”.


Donolar demishlar: “Insonni Allohdan qo‘rquv va hayo tark etgan bo‘lsa unda boshqa hech qanday yaxshilik qolmaydi”.

Bandaning Allohdan qay darajada hayo qilishi uning iymoni va dunyoga bo‘lgan muhabbati miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Ulug‘lar demishlarki: “Hayo va uns (xotirjamlik) ko‘ngil eshigini qoqib ko‘radi. Agar unda zuhd (dunyo sevgisidan voz kechish) va vara’ (parhezgorlik)ni topishsa qo‘nim topadilar, aks holda tark etadilar”.


Alloh marhamat qiladi: “Batahqiq, (xotin) unga intildi. U ham, agar Robbining burhon-hujjatini ko‘rmaganida, (xotinga) intilar edi” (Yusuf surasi, 24-oyat).

Burhon-hujjat haqida aytilganki: “Zulayho libosi bilan xona burchagida turgan but ustini yopib qo‘ydi. Buni ko‘rib Yusuf alayhissalom undan: “Nima qilyapsan?”– deb so‘raganlarida ayol: “Buning oldida gunoh qilishga uyalaman”, – deb javob berdi. Shunda Yusuf alayhissalom: “Mening Allohim hayo qilishligim uchun bu jonsiz butdan ko‘ra munosibroq emasmi?!” – dedilar".

 

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   7149   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari