Hududlardagi saharlik va iftorlik vaqtlaridagi tafovutni @fatvouz_taqvim_bot nomli bot orqali aniqlab oling!
#ramazon #taqvim #2026
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Farg‘ona viloyati vakilligi tomonidan Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom-noiblar va mutavallilar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Mazkur tadbir soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning faoliyatini zamonaviy talablar asosida tizimlashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Trening davomida masjidlarda ish yuritish jarayonini samarali tashkil etish, xususan, shar’iy nikoh o‘qish tartibi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan beriladigan nikohnomalarni namunaviy asosda to‘g‘ri rasmiylashtirish jarayonlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, tadbirda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilarga KPI platformasining imkoniyatlari va undan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berilib, bu kabi vositalar ish jarayonini soddalashtirish va hisobotlarni tizimlashtirishda muhim ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev so‘zga chiqib, ushbu trening barcha hududlar uchun namuna bo‘lishi lozimligini ta’kidladi va xodimlarni yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llashga, o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.
Binobarin, nikoh marosimlarini tartibli tashkil etish yoshlar orasida oilaviy mas’uliyatni oshirishda muhim o‘rin tutishi alohida e’tirof etildi.
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati