حدثنا عيسى نا أبو نعيم نا عبد العزيز بن عمر بن عبد العزيز عن يحيى بن إسماعيل بن جرير عن قزعة قال: أرسلني ابن عمر في حاجة له فقال: أودعك كما ودعني رسول الله صلى الله عليه وسلم وأرسلني في حاجة له فقال : أستودع الله دينك وأمانتك وخواتيم عملك.
Qaza’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Ibn Umar meni bir hojati bilan jo‘natib, bunday dedi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam men bilan xayrlashganlaridek, sen bilan ham shunday xayrlashaman. Meni bir yumushlari bilan jo‘natayotib: “Allohdan diningni, omonatingni va amaling xotimasini muhofaza qilishini so‘rayman”, dedilar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati