Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim yolg‘on gapirishni va unga amal qilishni qo‘ymasa, uning taomi va sharobini tark qilishiga Allohning ehtiyoji yo‘q”, dedilar.
Alloh azza va jalla aytadi: "Men uchun bandalarimning eng mahbubi iftorni tezroq qiladiganidir" (Imom Termiziy va Imom Ahmad).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ummatim modomiki, iftorni tezlatar ekanlar, yaxshilikda bardavom bo‘ladilar", deganlar (Imom Ahmad rivoyati).
Iftorni tezlatish deyilganda iftor vaqti kirgandan so‘ng bir necha dona xurmo va suv bilan bo‘lsa ham og‘iz ochib olish tushuniladi.