Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim ro‘zadorligini unutib qo‘yib yesa yoki ichsa, ro‘zasini davom ettiraversin. Chunki Alloh uni taomlantiribdi va ichiribdi, xolos", dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.
Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati