Ramazon Qur’oni karim nozil bo‘lgan, inson qalbini poklaydigan, nafsini jilovlaydigan, go‘zal fazilatlarni namoyon etadigan oy. Shu bois, bu muborak oyning har bir lahzasini g‘animat bilib, solih amallar, toat-ibodat va yaxshiliklar ila o‘tkazishimiz lozim. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Imom Bayhaqiydan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “U (Ramazon) mo‘min uchun g‘animatdir”, deb qutlug‘ oydan unumli foydalanishga chaqirganlar.
Shu yil 8 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida AQSHda faoliyat yuritayotgan "VATAN Global Alliance" tashkiloti rahbari Ozod Soliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida AQSHdagi yurtdoshlarimizga doimiy ruhiy-ma’naviy ko‘mak berish va ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, xususan, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, xorijiy tillarda erkin ma’ruza qila oladigan malakali yosh kadrlarni tayyorlash yaxshi natija berishi qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati