Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ramazonda quyidagi ishlarga harakat qiling:
1. Besh vaqt namozni masjidda birinchi safda ado etishga;
2. Ro‘zadorlarga iftorlik qilish;
3. Taroveh va tahajjud namozlarini ado etishga va bomdodning azonidan avval duolar qilish;
4. Har kuni imkon qadar sadaqa berish;
5. Gunohlardan batamom uzoq bo‘lish, tilni tiyish va ko‘zni saqlash;
6. Qur’onni tadabbur bilan qiroat qilish;
7. Laylatul qadrga yetkazishini va do‘zaxdan ozod qilishini duoda so‘rashga jiddi jahd qilish.
Majid Zakiy
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati