Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2026   |   2 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
12 Noyabr, 2026, 2 Jumadul soni, 1448
Yangiliklar

17.03.2026   10785   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Global bag‘rikenglik – 2026» xalqaro sammitida ishtirok

12.11.2026   1981   1 min.
«Global bag‘rikenglik – 2026» xalqaro sammitida ishtirok

Joriy yilning 6–7 noyabr kunlari Hindistonning Kerala shtatida «Global bag‘rikenglik – 2026» mavzusida xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli xalqaro tadbirda Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Hindiston va boshqa davlatlardan diniy-ma’rifiy soha vakillari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

Sammit davomida bag‘rikenglik, dinlararo va madaniyatlararo muloqot, jamiyatda tinchlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga doir dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Xalqaro sammitda Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov ham ishtirok etib, «Bag‘rikenglikdan o‘zaro bir-birini tushunish sari: zamonaviy O‘zbekistonda muloqot va tinchlik madaniyatini shakllantirishda Nabaviy uslub va Movarounnahr merosining ahamiyati» mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada O‘zbekistonda bag‘rikenglik tamoyillari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani, mazkur tamoyillar jamiyatda tinchlik, barqarorlik va ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashning muhim huquqiy va ma’naviy asosi bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, yurtimizda qadimdan shakllangan turli millat va din vakillarining ahil va totuv yashash an’analari bugungi kunda huquqiy hamda siyosiy jihatdan yanada mustahkamlanib borayotgani, bu jarayon «Inson qadri uchun» hamda «Inson – jamiyat – davlat» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyuk allomalar merosida namoyon bo‘lgan vasatiylik va mo‘tadillik tamoyillarini bugungi jamiyatda keng targ‘ib etish islomshunos va dinshunos mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Mazkur xalqaro sammit turli mamlakatlar vakillari o‘rtasida ilmiy va ma’rifiy muloqotni rivojlantirish, bag‘rikenglik va tinchlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish hamda bu boradagi xalqaro tajriba almashinuvini mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ldi.

t.me/muhaddisuz

O'zbekiston yangiliklari