Rizq bu – bomdod namoziga o‘z vaqtida ulgurishingiz, mol-mulkingizda kambag‘allarning nasibasi bo‘lishi, biror kuningiz Qur’ondan o‘z virdingizni o‘qimasdan o‘tmasligi, biror soatingiz Allohni zikr qilmasdan o‘tmasligi, garchi bir marta bo‘lsa-da, zikr qilishingiz rizqdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish sharafiga noil bo‘lishingiz ham rizqdir va yana qalb xushusi, ko‘ngil yumshoqligi va miskinlarga bo‘lgan muhabbat ham rizqdandir.
Kimning kuni yuqoridagilardan biror nasibasiz o‘tsa, u yer yuzidagi barcha xazinalarga ega bo‘lsa ham, aslida faqirdir!
Bugun, 27 oktyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi hamkorligida Diniy ta’lim muassasasi pedagog kadrlari, imom-xatib va imom noiblar uchun "Qur’on va tajvid ilmi" mavzusida binar dars tashkil etildi.
Darsda "Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi boshlig‘i Shayx Ali Fayzulloh Maxdum dinimizda vaqt va undan unumli foydalanishning ahamiyati haqida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati