Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Jannatda bir xona bor, uning ustki tomoni ichidan, ichki tomoni ustidan ko‘rinadi. U xonani Alloh taolo taom ulashgan, so‘zini muloyim qilgan, ro‘zani (Ramazondan keyin ham) davom ettirgan va odamlar uxlaganda namoz o‘qiganlar uchun tayyorlab qo‘ygan", dedilar (Imom Ahmad, Bayhaqiy rivoyati).
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati