Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Avgust, 2026   |   14 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:20
Quyosh
05:44
Peshin
12:25
Asr
17:07
Shom
19:08
Xufton
20:28
Bismillah
27 Avgust, 2026, 14 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

“Haj – 2026”: voha viloyatlari guruh rahbarlari uchun mahorat darslari o‘tkazildi

27.03.2026   22277   1 min.
“Haj – 2026”: voha viloyatlari guruh rahbarlari uchun mahorat darslari o‘tkazildi

 Shu yil 25-26 mart kuni Jizzax, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan “Haj – 2026” mavsumiga saralab olingan guruh rahbarlari uchun maxsus o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ziyoratchilar uchun munosib sharoitlar yaratish va ibodatlarni yuqori saviyada tashkil etish masalasi muhokama etildi. 
 

 Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Bobomurod Rustamov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va umra tadbirlarini tashkil etish markazi direktori Maqsud Karimov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Otabek Avezov va Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov olib bordi. 


 Seminar davomida notiqlar tomonidan ellikboshilarga yaqinlashib kelayotgan muborak safarning tashkiliy jihatlari, ziyoratchilar bilan ishlashda odob-axloq qoidalari va qonunchilik me’yorlariga rioya qilish yuzasidan muhim ko‘rsatmalar berildi. Xususan, haj amallarini ado etish tartibi, muborak qadamjolarni ziyorat qilish odoblari va ziyoratchilarga ma’naviy ko‘mak berishda guruh rahbarlarining mas’uliyatiga alohida urg‘u qaratildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

“Haj – 2026”: voha viloyatlari guruh rahbarlari uchun mahorat darslari o‘tkazildi “Haj – 2026”: voha viloyatlari guruh rahbarlari uchun mahorat darslari o‘tkazildi “Haj – 2026”: voha viloyatlari guruh rahbarlari uchun mahorat darslari o‘tkazildi “Haj – 2026”: voha viloyatlari guruh rahbarlari uchun mahorat darslari o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

27.08.2026   9488   1 min.
Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari