Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: "Men onaga yaxshilik qilishdan ko‘ra Alloh azza va jallaga yaqinlashtiradigan amalni bilmayman".
Bismillahir Rohmanir Rohiym
﴿ربِّ إني لما أنزلت إليَّ من خير فقيرٌ﴾
“Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman” (Qosos surasi, 24-oyat).
Banda bilan Parvardigori o‘rtasidagi eng yaqin (qisqa) yo‘l – U Zotga muhtojligini izhor qilishdir.
Iftiqor (الافتقار) bu – faqat moddiy kambag‘allik emas, balki ma’naviy jihatdan Allohning lutfisiz hech kim ekanini his qilish, har bir soniyada Uning yordamiga intizor bo‘lish demakdir.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV