Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyul, 2026   |   6 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:28
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:56
Xufton
21:27
Bismillah
20 Iyul, 2026, 6 Safar, 1448
Yangiliklar

Ulamolar va yoshlar muloqoti

10.04.2026   29699   1 min.
Ulamolar va yoshlar muloqoti

Joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov va Moliyaviy nazorat va taftish bo‘limi mudiri Islomiddin domla Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida «Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘ldi.


Tashrif davomida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda sohadagi islohotlarning bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilindi. Zayniddin domla o‘z ma’ruzasida yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ilmiy salohiyati va odob-axloqi masalalariga urg‘u berib, tolibi ilmlarga muhim hayotiy tavsiyalarini berdi.


Talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni diniy-milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida yakunlandi. 

Ravza.uz

 

Ulamolar va yoshlar muloqoti Ulamolar va yoshlar muloqoti
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozodalik ko‘ngildan boshlanadi: Qoraqalpog‘istonda obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda

19.07.2026   8603   1 min.
Ozodalik ko‘ngildan boshlanadi: Qoraqalpog‘istonda obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda

Joriy yilning 16 iyul kuni Muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida iyul oyi yurtimizda «Obodonlashtirish va mehr-saxovat oyligi» deb e’lon qilingan edi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng ko‘lamli xayrli ishlar boshlab yuborildi.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tizimidagi barcha masjidlar va diniy soha xodimlari ushbu tashabbusga labbay deb javob bergan holda, hududlarni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faollik ko‘rsatmoqdalar.

Mehr-muruvvat va hamjihatlik namunasi

Masjidlar xodimlari va ko‘ngilli namozxonlar nafaqat ziyoratgohlar va masjidlar atrofini, balki mahallalar, ko‘chalar va aholi xonadonlarini tartibga keltirishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Ayniqsa, ko‘makka muhtoj, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan vatandoshlarimizning uy-joylari, hovlilari va atroflarini obodonlashtirib berishga alohida e’tibor qaratilayotgani ayni mehr-saxovat namunasidir.

Poklik — imon javharidir

Islom dini poklik va ozodalikka juda katta e’tibor beradi. Sarvari koinot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z hadisi shariflarida: «Poklik imonning yarmidir», deb marhamat qilganlar. Musulmon kishi nafaqat o‘z tanasi va kiyimini, balki yashab turgan uyini, mahallasini va atrof-muhitni ham doimo ozoda saqlashi lozim. Zero, go‘zal axloq va tozalik nafaqat sog‘lom turmush garovi, balki ruhiy xotirjamlik manbai hamdir.

Ko‘ngillarni quvontirgan manzara

«Ozodalik ko‘ngildan boshlanadi», deydi dono xalqimiz. Bugun Qoraqalpog‘iston diyorlarida olib borilayotgan bunday xayrli amallar nafaqat atrof-muhitning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, balki insonlar qalbida mahalladoshlik, birodarlik va shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.

Xayrli ishlar, obodonlashtirish va mehr-saxovat tadbirlari Qoraqalpog‘iston bo‘ylab tizimli ravishda davom etmoqda.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti Matbuot xizmati

Ozodalik ko‘ngildan boshlanadi: Qoraqalpog‘istonda obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda Ozodalik ko‘ngildan boshlanadi: Qoraqalpog‘istonda obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda Ozodalik ko‘ngildan boshlanadi: Qoraqalpog‘istonda obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda
O'zbekiston yangiliklari