Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi

13.04.2026   10727   1 min.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi

Joriy yil 11 aprel kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» majmuasida u kishi tavalludining 74 yilligiga bag‘ishlangan «Yoshlarga sof Islom ma’rifatini tanitish va ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrashda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o‘rni» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
 

Anjumanda yurtimizning taniqli ulamolari, fan doktorlari, islomshunos tadqiqodchilar, Shayx hazratning yaqinlari, shogirdlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.  


So‘zga chiqqan notiqlar Shayx hazratlarining yurtimizda diniy-ma’rifiy bilimlarni yuksaltirish, ummatni birlik va hamjihatlikka chorlash hamda tafriqaga barham berish yo‘lidagi ulkan xizmatlarini alohida e’tirof etdi. 


Ta’kidlanganidek, Shayx hazrat qoldirgan boy ilmiy maktab va bebaho asarlar bugungi kunda yosh avlodni sog‘lom e’tiqod, vatanparvarlik va mo‘tadillik ruhida tarbiyalashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.


Ma’rifiy tadbir doirasida ekstremizmga qarshi ma’rifat bilan kurashish va tinchlikni asrashga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. 


Anjuman ishtirokchilari tomonidan o‘zbek, turk, ingliz, arab va rus tillarida taqdim etilgan maqolalar jamlangan maxsus ilmiy to‘plam nashr etilishi rejalashtirilgan.


Bu kabi anjumanlar Shayx hazratlarining merosini zamonaviy tadqiqotlar bilan boyitgan holda xalqimizga yetkazish va jamiyatda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Qur’on tinchlikka buyuradi»

18.08.2026   6216   1 min.
«Qur’on tinchlikka buyuradi»

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Qur’on tinchlikka buyuradi» shiori ostida Samarqand shahridagi "Obi Rahmat" jome masjidida Qur’on musobaqasi tashkil etildi. Qur’oni karimga bo‘lgan muhabbatni yuksaltirish, qiroat va tajvid ilmlarini keng targ‘ib etish hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu xayrli tadbirning saralash bosqichlaridan o‘tgan ishtirokchilar «Hifz» va «Mujavvid» yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdi.
 

G‘olib va sovrindorlar:
 

«Hifz» yo‘nalishi:
1-o‘rin: Asqar Tursunov (Samarqand shahri, «Muhammadamin ota» masjidi imom-noibi);
2-o‘rin: Abduvakil Olimov (Urgut tumani, «G‘avsul A’zam» masjidi imom-xatibi);
3-o‘rin: Shavkat Mahmudov (Narpay tumani, «So‘fi Ziyrak» masjidi imom-xatibi).
 

«Mujavvid» yo‘nalishi:
1-o‘rin: Zikrullo Matlabov (Samarqand shahri, «Xo‘ja Abdu Darun» masjidi imom-noibi);
2-o‘rin: Burxoniddin Tursunov (Nurobod tumani, «Jom ota» masjidi imom-xatibi);
3-o‘rin: Isomiddin Isayev (Paxtachi tumani, «Xo‘ja Ziyovuddin» masjidi imom-xatibi).
 

Qo‘shimcha nominatsiyalar:
«Eng ta’sirchan tilovat»: O‘tkir Abdullayev (Pastdarg‘om tumani);
«Eng go‘zal tilovat»: Sardorxon Sobirov (Samarqand tumani);
«Tajvid qoidalariga eng mukammal rioya qilgan ishtirokchi»: Yusufxon Nizomov (Samarqand shahri).

Tadbir yakunida g‘oliblarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligining diplomlari va «Vaqf» fondi filiali tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

«Qur’on tinchlikka buyuradi» «Qur’on tinchlikka buyuradi» «Qur’on tinchlikka buyuradi» «Qur’on tinchlikka buyuradi»
Yangiliklar