Garchi hasadgo‘ylarim qilsam ham men malomat,
Rad etmasman ekanligim ularga uqubat.
Chodirda yashasada muslima bo‘lgan, Robbisiga ibodat qiladigan va besh vaqt namozini o‘qib, ro‘zasini tutadigan ayol baland qasrlar va ko‘plab xizmatkorlar orasida yashaydigan ayoldan baxtliroqdir. Mo‘mina bo‘lib oddiy uyda, faqatgina arpa noni va bir xo‘plam suvi hamda u bilan Qur’oni va tasbehi bo‘lgan ayol marmar uylaru baxmal ko‘rpalar orasida Robbisini tanimaydigan, Mavlosini eslamaydigan va Payg‘ambariga ergashmaydigan ayoldan baxtliroq yashaydi. Shunday ekan, siz baxtning haqiqiy ma’nosini anglang. U ko‘pchilik tor doirada tushungani kabi boyliklar, kiyimlaru taomlarda emas.
Haqiqiy baxt-saodat bu qalb roziligi, ko‘ngil rohati, nafs hotirjamligi, ruh shodligi, xulq-atvor to‘g‘riligi va qanoatdir.
Shu’la: Musulmonga aziyat bergan yoki bandaga zulm qilgan inson qanday xotirjam bo‘lsin?!
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati