Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2026   |   30 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:26
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:42
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2026, 30 Zulqa`da, 1447

Hech kim haqli emas!

20.04.2026   12808   1 min.
Hech kim haqli emas!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hech kim bilimsiz yoki nafsiga ergashib boshqalar gunohi haqida gapirishga haqli emas. Chunki inson o‘z gunohlari uchun javobgar boshqalarning gunohlari uchun emas.

Boshqa maqolalar

Ayollar qanday sajda qiladi?

15.05.2026   9994   1 min.
Ayollar qanday sajda qiladi?

Savol: Ayollar sajda qilganda bilak va tirsakni qay holda tutadilar?
 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ayollar sajdani ham qimtingan, o‘zlarini yiqqan holda bajaradilar. Bunda qo‘lning bilaklari yerga to‘shalgan, tirsak ham yerga tekkizilgan holda bo‘ladi.

Shuningdek, qo‘lning bilakdan yuqori qismini o‘zlaridan uzoq tutmaydilar, ya’ni qo‘ltiq orasini ochmaydilar. Sonlar qoringa yopishtirilgan holda tutiladi.

Bu haqda Ibn Obidin rahimahulloh bunday deydilar:

وَتَنْضَمُّ فِي رُكُوعِهَا وَسُجُودِهَا، وَتَفْتَرِشُ ذِرَاعَيْهَا

“Ayol kishi ruku va sajdada qimtingan holda bo‘ladi, sajdada bilaklarini yerga to‘shaydi” (“Raddul muhtor” kitobi). Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.