Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Bulung‘urda mehr-muruvvat tadbiri o‘tkazildi

29.04.2026   16602   1 min.
Bulung‘urda mehr-muruvvat tadbiri o‘tkazildi

Insonparvarlik va mehr-muruvvat xalqimizning eng oliy qadriyatlaridandir. Ana shu ezgu an’ananing davomi sifatida 28 aprel kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida keng qamrovli xayriya va ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov boshchiligidagi diniy soha xodimlari, bo‘lajak "Haj – 2025" ziyoratchilari va nuroniylar ishtirok etishdi. 


Tadbir davomida tumandagi kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi. Bemorlar ziyorat qilinib, ko‘ngillari ko‘tarildi. Shuningdek, adashgan va nosog‘lom turmush tarziga berilgan shaxslar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularga to‘g‘ri hayot yo‘li, oila va jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida tushunchalar berildi.


Kun yakunida masjidlarda peshin namozidan so‘ng ma’rifiy suhbatlar tashkil etilib, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xayrli duolar qilindi. Zero, mehr-oqibat bor joyda — baraka va totuvlik barqaror bo‘ladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati

Bulung‘urda mehr-muruvvat tadbiri o‘tkazildi Bulung‘urda mehr-muruvvat tadbiri o‘tkazildi Bulung‘urda mehr-muruvvat tadbiri o‘tkazildi Bulung‘urda mehr-muruvvat tadbiri o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   16369   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari