Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2026   |   22 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:59
Xufton
21:35
Bismillah
09 Iyun, 2026, 22 Zulhijja, 1447
Yangiliklar

Qozon islom universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

30.04.2026   25662   1 min.
Qozon islom universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi Diniy idora raisi o‘rinbosari, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisining o‘rinbosari, akademik Rafiq Muxametshovich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yangi ochilgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda Qur’on kurslari faoliyati alohida e’tirof etildi.

O‘z navbatida, akademik Rafiq Muxametshovich Qozon islom universiteti diniy ta’lim yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, xususan, o‘quv dasturlari va adabiyotlarini almashish yuzasidan muhim takliflarini ilgari surdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro aloqalarni tizimli va bosqichma-bosqich rivojlantirishga kelishib oldilar.


Do‘stona uchrashuv yakunida o‘zaro hadyalar almashildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Qozon islom universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Qozon islom universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Qozon islom universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sadaqasi soyasida bo‘ladi

08.06.2026   1961   1 min.
Sadaqasi soyasida bo‘ladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Har kim qiyomat kuni odamlar o‘rtasida hukm chiqarilguncha sadaqasi soyasida bo‘ladi" deganlarini eshitdim».

Yaziyd: "Abul Xayr biror kunni ham sadaqasiz o‘tkazmas edi. Hech bo‘lmasa, bir burda qotgan non yoki bir dona piyoz bo‘lsa ham", dedi.


Qiyomatning dahshatli jaziramasida hamma soya izlab zor yurgan paytda bandaning boshiga bu dunyoda qilgan sadaqalari soyabon bo‘lib turadi.

Kim oxiratdagi soyasi quyuq bo‘lishini, oxiratning kuydiruvchi issig‘idan soyada jon saqlashni istasa, ko‘proq sadaqa qilishi kerak.


Abul Xayr roziyallohu anhu mana shu hadisi sharifni eshitib qolgan, odamlarga rivoyat qilgan, uning ma’nosini o‘ziga to‘liq singdirgan, yaxshi bilgan.

Shuning uchun Allohning bergan kuni sadaqa berib yurgan. Juda hech narsa topa olmay qolsa, bir dona piyozni bo‘lsa ham sadaqa qilib, shu hadisga amal qilgan, qiyomatdagi soyasini ko‘paytirgan ekan.