O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi "Shamsuddinxon Boboxonov" NMIU xodimi Abdurahim Karimov vafot etgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
"Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun".
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
Janoza namozi bugun, 4 aprel kuni Toshkent tumanidagi "Hasanboy ota" jome masjidida shom namozidan so‘ng o‘qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...
Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan