Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2026   |   28 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2026, 28 Zulhijja, 1447

ILK ZIYORATCHILARIMIZ MAKKAGA YO‘L OLDI!

06.05.2026   13121   1 min.
ILK ZIYORATCHILARIMIZ MAKKAGA YO‘L OLDI!

Bugun, 5 may kuni Madinai munavvarada bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlari ehromga kirib, Madina shahri yaqinida joylashgan miyqot – Zulhulayfa vodiysida tamattu’ hajining umrasini niyat qilgan holda, Makkai mukarramaga yo‘l olishdi.

Ta’kidlash joizki, ayni kunlarda “Haj – 2026” mavsumida ziyoratchilarga namunali xizmat ko‘rsatish, ularning haj ibodatlarini go‘zal ado etishlari uchun Ishchi guruhi tomonidan Makka shahrida ham joriy mavsumga keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari yakunlandi. Xususan, mehmonxonalarda ozodalik va zarur jihozlar mavjudligi bilan bir qatorda, tibbiyot xonalari hamda oshxonalarning to‘liq shay holatga keltirilganiga alohida e’tibor qaratildi. 

Ma’lumot uchun, muqaddas ikki shaharning orasi 460 kilometrni tashkil etadi. Ushbu masofa zamonaviy avtobuslarda o‘rtacha tezlikda 5-6 soatda bosib o‘tiladi. Ehrom bog‘lab, Zul-Hulayfada umraga niyat qilgan, tilidan “labbayka” tushmagan hojilarimiz yo‘l mashaqqatini deyarli sezmaydilar, inshoAlloh. 

Alloh taolo Makkai mukarramaga otlangan yurtdoshlarimizning safarlarini muborak qilsin, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Insoniyat tarixidagi yirik fojeani yumshatish yo‘lida #2030 #aralsea #oroldengizi #2026

11.06.2026   9414   1 min.


"Strategiya amalda" loyihasining navbatdagi soni "O'zbekiston-2030" strategiyasining 69-maqsadi haqida!