Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Oktabr, 2026   |   16 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:48
Peshin
12:12
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:42
Bismillah
27 Oktabr, 2026, 16 Jumadul avval, 1448

Sizning behuda ishlarga vaqtingiz yo‘q!

06.05.2026   13491   1 min.
Sizning behuda ishlarga vaqtingiz yo‘q!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

To‘lin oy nur sochar, yulduzlar charog‘on,
Bizni qanday o‘ldirolsin tashvishu g‘am?!

 

Turli xil ehtimoli bo‘lgan foydasiz tortishuv va bahslarga kirishishdan saqlaning. Chunki bu narsa ko‘ngil siqilishi va xayolning tarqoq bo‘lishiga olib boradi. Turli xil nazariy ko‘rinishlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan masalalarda hammani ishontirishga urinmang. Fikrlaringizni sokinlik bilan bayon qiling, shovqin-suron, bir fikrda mahkam turib olish va talvasaga tushishni butunlay tark eting.

Hammaga raddiya berib tanqid qilaverish qalbingiz rohatini yo‘qotadi va sizni o‘zingiz loyiq bo‘lmagan holga tushirib qo‘yadi. Muloyim va insonlarga suyukli so‘zlaringizni yumshoqlik hamda sokinlik bilan gapiring. Shunda insonlarning qalbini egallaysiz, ularning ruhlariga jon bag‘ishlaysiz.

Shuningdek, insonlarni g‘iybat qilish, ularni mazah qilib mulzam etish ularning qalbiga mahzunlik va g‘am soladi. Bu esa sizning ajr-savoblaringizni ketkazib, gunohlarni yelkangizga yuklaydi, xotirjamligingizni yo‘qotadi.

Insonlarning ayblarini qo‘yib, o‘zingizni ayblaringizni to‘g‘irlash bilan mashg‘ul bo‘ling. Chunki Alloh taolo bizlarni kamchiliksiz va begunoh qilib yaratmagan, hammamizning ham ayblarimiz va gunohlarimiz bor. O‘zining aybini to‘g‘rilash bilan band bo‘lgan, boshqalarning aybini qidirishdan tiyilgan insonga jannat bo‘lsin!

Shu’la: Farzandi yiqilib tushgan ayol baqir-chaqir qilib, yig‘lab vaqtini zoye qilmasligi, aksincha, uning jarohatini bog‘lashga intilishi lozim.


Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uchrashuv o‘tkazdi

26.10.2026   20820   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi oliy darajadagi faol muloqotlar va tizimli ishlar natijasida aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Bu kabi yaqin munosabatlar ikki tomonlama do‘stlik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlashi alohida e’tirof etildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni yanada kengaytirishga ahdlashib olindi.

Yetakchilar global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

O'zbekiston yangiliklari