Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2026   |   29 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:02
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:37
Bismillah
14 Iyul, 2026, 29 Muharram, 1448

Sizning behuda ishlarga vaqtingiz yo‘q!

06.05.2026   10651   1 min.
Sizning behuda ishlarga vaqtingiz yo‘q!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

To‘lin oy nur sochar, yulduzlar charog‘on,
Bizni qanday o‘ldirolsin tashvishu g‘am?!

 

Turli xil ehtimoli bo‘lgan foydasiz tortishuv va bahslarga kirishishdan saqlaning. Chunki bu narsa ko‘ngil siqilishi va xayolning tarqoq bo‘lishiga olib boradi. Turli xil nazariy ko‘rinishlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan masalalarda hammani ishontirishga urinmang. Fikrlaringizni sokinlik bilan bayon qiling, shovqin-suron, bir fikrda mahkam turib olish va talvasaga tushishni butunlay tark eting.

Hammaga raddiya berib tanqid qilaverish qalbingiz rohatini yo‘qotadi va sizni o‘zingiz loyiq bo‘lmagan holga tushirib qo‘yadi. Muloyim va insonlarga suyukli so‘zlaringizni yumshoqlik hamda sokinlik bilan gapiring. Shunda insonlarning qalbini egallaysiz, ularning ruhlariga jon bag‘ishlaysiz.

Shuningdek, insonlarni g‘iybat qilish, ularni mazah qilib mulzam etish ularning qalbiga mahzunlik va g‘am soladi. Bu esa sizning ajr-savoblaringizni ketkazib, gunohlarni yelkangizga yuklaydi, xotirjamligingizni yo‘qotadi.

Insonlarning ayblarini qo‘yib, o‘zingizni ayblaringizni to‘g‘irlash bilan mashg‘ul bo‘ling. Chunki Alloh taolo bizlarni kamchiliksiz va begunoh qilib yaratmagan, hammamizning ham ayblarimiz va gunohlarimiz bor. O‘zining aybini to‘g‘rilash bilan band bo‘lgan, boshqalarning aybini qidirishdan tiyilgan insonga jannat bo‘lsin!

Shu’la: Farzandi yiqilib tushgan ayol baqir-chaqir qilib, yig‘lab vaqtini zoye qilmasligi, aksincha, uning jarohatini bog‘lashga intilishi lozim.


Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

V Groznom voditel marshrutki besplatno podvozit studentov medrese

14.07.2026   376   1 min.
V Groznom voditel marshrutki besplatno podvozit studentov medrese

V Groznom voditel marshrutnogo taksi № 4 Yakub Ajdamov reshil podderjat uchashixsya medrese. Kajdiy den on besplatno podvozit studentov, chtobi oblegchit im put k znaniyam, soobshayet IA «Grozniy-inform».

Po slovam Ajdamova, yego resheniye prodiktovano veroy vo Vsevishnego i iskrennim jelaniyem pomoch lyudyam, poluchayushim religioznoye obrazovaniye. «Poka ya rabotayu zdes, ya budu do konsa priderjivatsya etoy initsiativi», — otmetil on.

Voditel rabotayet v reysax s 1981 goda, a posledniye tri goda upravlyayet marshrutnim taksi № 4.

Sistema religioznogo obrazovaniya xorosho razvita v Chechenskoy Respublike, zdes funksioniruyut 472 medrese, v kotorix obuchayutsya 43 842 studentov.

Jiteli regiona chasto pridumivayut blagotvoritelnie initsiativi, kotorie delayut obshestvo luchshe i pomogayut tem, kto nujdayetsya v etom. Raneye IslamNews pisal o chechense v maske, kotoriy sovershayet dobrie dela i pokazivayet ix v sotsialnix setyax, skrivaya pri etom svoye imya i vneshnost. Yego sel pokazat lyudyam primer i motivirovat ix menyat mir k luchshemu.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Dunyo yangiliklari