Bismillahir Rohmanir Rohiym
Qur’onni yoddan o‘qish tahorati yo‘q kishi (muhdis) uchun joiz, ammo junub, nifos va hayz ko‘rgan ayollar uchun taqiqlangandir.
Buning sababi (hikmati) quyidagicha: Arab qavmi, Alloh taolo: “U (Alloh) ummiylar ichiga o‘zlaridan bo‘lgan Rasulni yuborgan Zotdir...” (Juma surasi, 2-oyat) deb sifatlaganidek va Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Biz ummiy ummatmiz; na hisobni va na yozishni bilamiz”, deb aytganlaridek, asosan xat-savodsiz bo‘lishgan. Ulardan Islomga kirganlar Qur’onni faqat eshitish (talqin) orqali qabul qilishar, qalblarida yodlab qolishar edi.
Qur’onni yodda saqlab qolish maqsadida uni ko‘p takrorlashga ehtiyoj sezardilar. Agar ularga Qur’on o‘qigan har bir holatlarida pok (tahoratli) bo‘lish majburiyati yuklanganda, bu ularga qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lardi. Ularning ichida Mus'hafdan o‘qiydiganlari kam edi, shuning uchun Mus'hafni ushlash va undan o‘qish vaqtida tahoratli bo‘lish sharti ularga og‘irlik qilmasdi.
Shu ma’noga ko‘ra, tahoratsiz kishiga qiroat qilish joizligi va junub kishiga mumkin emasligi o‘rtasidagi hukm ajratildi. Chunki junublik holati tahoratsizlik (kichik betahoratlik) kabi doimiy va tez-tez sodir bo‘lmaydi.
Tahoratsiz kishiga Qur’on o‘qish uchun tahoratni vojib qilishda mashaqqat bor, ammo junublikdan g‘usl qilishni vojib qilishda mashaqqat yo‘q. Vallohu a’lam (Alloh biluvchiroqdir).
Qaffol Shoshiy. “Mahosin ash-shari’a”.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati