1. "Robbimiz, bizga O‘z huzuringdan rahmat bergin" (10 oyat).
2. "Robbingiz sizga O‘z rahmatini taratur" (16 oyat).
3. "Robbing sermag‘firat, rahm-shafqat sohibi bo‘lgan Zotdir" (58 oyat).
4. "Biz unga O‘z dargohimizdan rahmat va O‘z tarafimizdan ilm o‘rgatgan edik" (65 oyat).
5. "Bas, Robbilari uning badaliga ularga undan ko‘ra yaxshirog‘ini, ahli solihroq va rahmlirog‘ini berishni iroda qildi" (81 oyat).
6. "Bu Allohning rahmati ila bo‘ldi" (82 oyat).
7. "Bu – Robbimning rahmatidandir" (98 oyat).
Juma kuni Kahf surasini o‘qisangiz, suradagi ushbu yetti rahmat Sizga keyingi jumagacha kifoya qiladi. Sizga Allohning rahmati yog‘ilsin!
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi «Zomin» jome masjidida diniy soha xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligi rahbariyati, tuman va shahar bosh imom-xatiblari, hudud masjidlari imomlari, otinoyilar, «Haj» ziyoratchilari hamda MFY raislari qatnashdi.
Uchrashuvda yurt tinchligini asrash, yosh avlodni milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda noxush holatlarning oldini olish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida amaliy sa’y-harakatlar ham olib borildi:
Imom-xatiblar va otinoyilar mahallalardagi ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Jarayonda jami 112 ta xonadon (imom-xatiblar tomonidan 83 ta, otinoyilar tomonidan 29 ta oila) holidan xabar olinib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi.
Fuqarolarga ma’naviy-ma’rifiy dalda berilib, zarur amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
O‘MI Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati