Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2026   |   21 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:16
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
04 Avgust, 2026, 21 Safar, 1448

Qur’ondan ta’sirlangan qariya

18.05.2026   11153   1 min.
Qur’ondan ta’sirlangan qariya

Qatoda ibn Di’oma[1] ismli olim hikoya qiladi: “Basra shahrida Utba ibn Abon ismli zohid, taqvodor, mahzunlikda Hasan Basriyga o‘xshagan, doim ro‘za tutadigan kishi yashab o‘tgan bo‘lib, uning Misvar ismli keksa bir qo‘shnisi bor edi. Qo‘rquvi qattiqligidan Qur’onni tinglashga bardoshi yetmasdi. Agar uning oldida Qur’ondan bir-ikki oyat o‘qilsa, qattiq qichqirib, bir necha kun aqlini yo‘qotgandek yurardi. Bir kuni uning yoniga Xas’am qabilasidan bir kishi keldi. Yoniga o‘tirgach, Qur’oni karimdagi:

 

 

يَوْمَ نَحْشُرُ الْمُتَّقِينَ إِلَى الرَّحْمَنِ وَفْداً

“Taqvodorlarni Rohman huzuriga mehmon hay’ati etib to‘plagan kunimizda”

وَنَسُوقُ الْمُجْرِمِينَ إِلَى جَهَنَّمَ وِرْداً

“Jinoyatchilarni jahannamga chanqoq hollarida haydaymiz” (Maryam surasi, 85-86-oyatlar) oyatlarini o‘qidi. Buni eshitgan qariya “Men jinoyatchiman. Taqvodorlardan emasman. Ey qori, hozir o‘qigan oyatlarni yana o‘qi!” dedi. Boyagi kishi oyatlarni yana o‘qidi. Qariya baland ovozda baqirib, “Oh!” dedi-yu, omonatni topshirdi”.

Ahmad ibn Ibrohim Sa’labiyning
"Qur’on oshiqlari" kitobidan olindi

 


[1] Imom Ahmad rahimahulloh Qatoda haqida “Qur’on tafsiri va ulamolarning turfa xil qarashlarining bilimdoni edi” deganlar.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda 35 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi

03.08.2026   4866   1 min.
Xorazmda 35 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi

"Vaqf" xayriya jamoat fondining Xorazm viloyati filiali tomonidan kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolajonlarning sunnat to‘yi bayramona ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.


Tadbirda "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari o‘rinbosari Oybek domla Xushvaqtov, mahalliy mutasaddilar, nuroniylar, homiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar yurtimizda insonparvarlik, mehr-oqibat va xayr-saxovat qadriyatlarini mustahkamlash, ayniqsa, yetim va ehtiyojmand bolalarga quvonch ulashish eng ulug‘ va savobli amallardan biri ekanini ta’kidladi.


Bayram dasturi bolalar uchun tayyorlangan maxsus shoudasturlar va qiziqarli o‘yinlar bilan boyitildi. Tadbir yakunida barcha bolajonlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.


Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashdagi fidokorona xizmatlari uchun "Vaqf" fondi Xorazm viloyati filiali rahbari Alijon domla Matyaqubovga tashakkurnoma topshirildi.


Fayzli o‘tgan tadbir yakunida ushbu saxovat tadbiriga hissa qo‘shgan barcha homiylar va saxovatpesha insonlar haqqiga duoi xayrlar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Xorazmda 35 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi Xorazmda 35 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi Xorazmda 35 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi Xorazmda 35 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi Xorazmda 35 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari